Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo e’lon qilindi
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab respublika shimolida va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarga tuman tushishi hisobiga ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, harorat foni kechagi kunga nisbatan biroz past, ammo yetarli darajada yuqori, 15-17 daraja iliq, janubda 20 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga markazi Qozog‘iston ustida bo‘lgan sovuq antitsiklon ta’sir etadi. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.
Ushbu kunlarda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi.
Sovuq havo kirib kelishi natijasida shimol va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
11:03 / 19.06.2026