Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov musulmonlarga murojaat qilib, internet va ijtimoiy tarmoqlardan töğri foydalaniş, vaqtni behuda sarflamaslikka çaqirdi.

«Alloh bergan ne’matlarni sanab sanoğiga yetolmaymiz, bulardan biri internetdir. Zamonamiz ulamolar internetni piçoqqa öxşatadi. Piçoq yaxşi inson qölida ijod vositasi, yomon insonning qölida esa jinoyat quroli böladi.

Internetda foydalanişda avvalo, Payğambarimiz alayhissalomning «Albatta, amallar niyatga boğliqdir», degan sözlarini yodimizda tutişimiz kerak. Nima maqsadda internetga kiryapsiz, ilm oliş yoki yaxşilikda foydalaniş uçunmi yo boşqa maqsadlardami?

Hozir deyarli barçada internetdan foydalaniş imkoni bor ekan. Şuning ular bu hadisni dastur qilib olişlari kerak. Abu Barza Aslamiy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam şunday deydi:

«Qiyomat kuni bandaning ikki qadami – to undan umridan – uni nimada ötkazgani, ilmidan – u bilan nima qilgani, molidan – uni qayerdan kasb qilgani va nimaga sarflagani, jismidan – uni nimada qaritgani haqida söralmaguniça joyidan jilmaydi», dedilar» (Imom Termiziy rivoyat qilgan). Hadisi şarifda aytilganidek, har bir kişi qiyomatda beşak hisobga tortiladi. Şunday ekan, biz doimo bu imtihonga gözal holatda tayyorgarlik körib borişimiz kerak.

1. Bandaning umridan – uni nimada ötkazgani söralmaguniça joyidan jilmaydi. Umr insonga berilgan eng katta boylik, eng aziz ne’mat hisoblanadi. Har bir kişi undan oqilona foydalanişi kerak. Vaqt qiyomat kuni insonning foydasiga yoki zarariga guvohlik beradi. Şuning uçun musulmon kişi har bir vaqtini ziyrak tijoratçi kabi har doim sarhisob qilib ötkazadi.

Musulmon kişi internetdan foydalanar ekan, unga butunlay şönğib ketib, zimmasidagi boşqa haqlarni unutib qöymasligi kerak. Köpinça vaqtimizni befoyda narsalarga ajratib, yaqinlarimizdan ajrab qolayotganimizni bilmay ham qolamiz. Hadisi şarifda: «Har bir haq egasiga öz haqqini bering», deyilgan.

2. Bandaning ilmidan – u bilan nima qilgani haqida söralmaguniça joyidan jilmaydi. Sodda va işonuvçan insonlar, xususan, yoşlar internet tarmoqlaridagi «jozibador» niqoblarga öralgan turli aldov, tuhmat, fitnalar, yolğon xabarlar, qimor öyinlari, buzuqlik va axloqsizlikka tarğib etuvçi narsalar qurboniga aylanib qolmoqda.