“Payğambarimiz alayhisolatu vasallam ilm olişga juda katta e’tibor berganlar. Badr jangida bir qança asirlar tuşib qolgandi. Şunda buni muhokama qildilar, nima qilamiz deb.
Ba’zi sahobalar ularni jazolaş kerakligini aytişadi. Boşqalari ulardan jarima undiriş kerakligini bildirişadi. Şunda Payğambar alayhissalom ajib bir taklif berganlar.
Öşa tuşgan asirlar içida ilmlilari, savodlilari bölsa öşa ilmini örgatsa keyin ozod qilamiz dedilar.
Savol tuğiladi, u qölga tuşganlar muşrik edi. Payğambarimiz alayhisolatu vasallam payğambar edilar, vahdoniyat dinida turibdilar. Ular esa muşrik, nimani örgatadi?
Bu yerda ulardan diniy ta’lim emas, hunar-kasb, dunyo narsasini örgatişini aytganlar. Demak, dinimizda mana şu dunyoviy ilmlarni kasb-hunarni örganişga e’tibor payğambarimiz alayhisolatu vasallamdan bizga meros.
Agar biz uni örganmasak, bolalarimizga örgatmasak, ertaga biz boşqalarga tobe’ bölib qolamiz.
Şunday bölsinki, xalqning içida musulmonlar bir paytlar butun dunyoni ilm-urfon bilan töldirgani kabi bugun biz ham töldirişimiz kerak. Bolalarimizni ilmga, ma’rifatga örgatişimiz kerak”, — dedi muftiy.
Avvalroq şayx Nuriddin Xoliqnazarning Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilingani haqida habar berilgandi.















