To‘y va boshqa tantanalar riyo va isrofga to‘ldi - O‘zbekiston musulmonlari idorasi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar imom-xatiblarni to‘y-ma’raka marosimlardagi isrofgarchilik, umra ziyoratidan qaytgandan keyin har xil xo‘jako‘rsin marosimlari uyushtirishdek illatlarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga chaqirdi.

Foto: Kun.uz
To‘ylar, oilaviy tantanalar, marhumlar xotirasi, haj va umraga borib-keluvchilarni kutib olishga bag‘ishlangan yig‘inlar, ulardagi bir-biridan o‘tib tushadigan, kimo‘zarga, riyoga, isrofga to‘la ishlar xalqimizning jiddiy muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar bayonot berdi.
Muftiy ziyolilar va keksalarni aholiga, ayniqsa, yuqoridagi kabi isrofgarchilik va dabdaba qilayotganlarga tushuntirish ishlarini ko‘paytirishga, bu kabi «illatlarga birgalikda barham berishga» chaqirdi.
Shu bilan birga, ulamolar va imom-domlalarni «Xayr-u saxovat – qalblarga quvonch ulashadi» shiori ostida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirishi, har bir markaziy masjid 5 tadan ehtiyojmand oilani otaliqqa olib, ularning farzandlarini o‘quv kurslarida o‘qitishi, kasb-hunarga o‘rgatishi va doimiy daromadga ega bo‘lishiga ko‘maklashishi kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, Nuriddin Xoliqnazar har bir tuman-shahar bosh imom-xatiblarini hududidagi kamida 1 ta maktabni homiylarni jalb etgan holda ta’mirlash ishlariga yordam ko‘rsatishga targ‘ib qildi.
Bundan tashqari, «Vaqf» xayriya jamoat fondi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda kam ta’minlangan oila farzandi bo‘lgan 200 nafar yoshni kasbga o‘rgatishi va ish bilan band qilishini, jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarga 50 dona sport aravachasi va boshqa reabilitatsiya vositalari olib berib, ularning davolanishlariga ko‘maklashishini, «Mehribonlik», «Saxovat», «Muruvvat» uylariga va mehnat faxriylariga moddiy yordamlar ko‘rsatish ishlarini tashkil etishini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, muftiy imom-xatiblar tomonidan to‘y-ma’raka marosimlardagi isrofgarchilik, umra ziyoratidan qaytgandan keyin «har xil xo‘jako‘rsin marosimlari» uyushtirishdek illatlarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy tinchlik bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 03:50
-
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi
Jahon | 00:25
-
Tramp Lotin Amerikasiga giyohvand moddalarga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishni to‘xtatdi
Jahon | 00:00
-
Latviya Belarus bilan chegaradagi yagona nazorat-o‘tkazish punktini yopdi
Jahon | 23:05 / 16.03.2025
Mavzuga oid

14:40 / 01.03.2025
Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi

21:45 / 28.02.2025
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov: Bu yil mamlakatdagi 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi

17:47 / 28.01.2025
Qirg‘izistonda to‘y va dafn marosimlarini tartibga solish taklif etildi

13:56 / 02.07.2024