O‘zbekiston | 08:07 / 25.11.2022
4689
3 daqiqa o‘qiladi

Hukumat 2023 yil uchun statistika dasturi loyihasini e’lon qildi

“2023 yil uchun statistika dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi:

a) 2023 yil uchun statistika dasturi:

  • Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan rasmiy statistika ma’lumotlari;
  • rasmiy statistikani boshqa tayyorlovchilari tomonidan shakllantiriladigan rasmiy statistika ma’lumotlari;
  • normativ va metodologik asoslarni takomillashtirish, rasmiy statistika sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish;
  • rasmiy statistika ma’lumotlarini e’lon qilish;
  • ochiq statistika ma’lumotlari xalqaro almashinuvi;

b) ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar ma’lumotlar bazalarining Davlat statistika qo‘mitasi axborot tizimiga integratsiya qilish reja-jadvali tasdiqlanadi:

  • vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazalarini Davlat statistika qo‘mitasi axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali rasmiy statistikani tayyorlash jarayonlarida ma’muriy ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish;
  • ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni mustahkamlash va ma’muriy ma’lumotlar sifatini yanada oshirish;
  • mavjud ma’muriy ma’lumot bazalaridan axborot tizimlari yordamida dolzarb va tezkor ma’lumotlar olish tizimini takomillashtirish hisobiga qog‘oz yoki jadval ko‘rinishidagi ma’muriy ma’lumotlardan voz kechish hamda ularni taqdim etish va qabul qilishda inson omilini qisqartirish.

Vazirlik va idoralar rahbarlari reja-jadvalga muvofiq o‘z ma’lumotlar bazalarini Davlat statistika qo‘mitasi axborot tizimiga integratsiya qilinishiga hamda ulardagi ma’lumotlar mazmuniga, to‘liqligiga, ishonchliligiga, o‘z vaqtida shakllantirilishiga va yangilab turilishiga mas’ul ekani belgilab qo‘yiladi.

Davlat statistika qo‘mitasi 2023 yildan boshlab dastur doirasida tashkil etiladigan statistika kuzatuvlari uchun respondentlar ro‘yxatini ma’muriy ma’lumotlar asosida ular faollik holatini aniqlashtirgan holda shakllantirishni ta’minlaydi.

Moliya vazirligi:

  • Davlat statistika qo‘mitasiga 2023 yil uchun O‘zbekiston respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan dasturni moliyalashtiradi;
  • prezident qarorlariga muvofiq, 2023 moliya yili davomida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori oshirilganda Davlat statistika qo‘mitasi hisob-kitoblariga muvofiq qo‘shimcha zarur mablag‘larni ajratadi.

Davlat statistika qo‘mitasi mazkur ajratilgan mablag‘lar maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlaydi.

Mavzuga oid