Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish bo‘yicha 14 ta «Hudud metodikasi» ishlab chiqiladi
2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2023 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” e’lon qilindi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash, guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish bo‘yicha 14 ta (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) “Hudud metodikasi”ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda.
Bunda, maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish doirasida:
- ommaviy tartibsizliklar oldini olish va bartaraf etish metodikasini ishlab chiqish;
- ushbu metodikaga asoslangan holda, mintaqalar kriminogen vaziyati (noroziliklar iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, tibbiy, etnik, demografik, geografik, ekologik va tashkiliy omillari), kriminologik xususiyatlari (noroziliklar holati, darajasi, tuzilishi, geografiyasi, yo‘nalishi, sub’yektlar tavsifi, taktikasi), jamoat xavfsizligini ta’minlash sub’yektlari faoliyati samaradorligi (miqdori, joylashuvi, kompetensiyasi, moddiy-texnik ta’minoti, taktikasi) va xulosalar (xulosa, prognoz, takliflar)ni aks ettirgan holda 14 ta “hudud metodikasi”ni tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
16:51 / 01.11.2025
Tartibsiz uy – charchagan ong: ortiqcha buyumlar kayfiyatimizga qanday ta’sir qiladi?
14:00 / 24.02.2025
Ommaviy tartibsizliklarni sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi
09:40 / 26.12.2024
Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanadi
14:07 / 06.08.2024