Miya “tartibsizlikni” xavf sifatida qabul qiladi
Odam köz öngida körinib turgan har bir buyum miyaning alohida e’tiborini jalb qiladi. Tasavvur qiling: siz stolda kitob öqiyapsiz, yoningizda işlatilmaydigan qalamlar, keraksiz qoğozlar, eski kvitansiyalar yotibdi. Ong xohlamasa ham bu narsalar haqida fikrlab, signallarni “qayta işlaş”ga majbur böladi. Oqibatda diqqat tarqaladi, tez çarçaş holatlari yuzaga keladi.
Stress gormoni oşadi, ayniqsa, ayollarda
“Uyni yiğiştirmasdan turib dam ololmayman” – bu ibora köpçilikka taniş. Mazkur holat psixologik sezgi bilan bir qatorda fiziologik jarayonlarni ham aks ettiradi. Ortiqça buyumlar töplangan xona miyaga doimiy “bajarilmagan vazifa” signalini yuboradi. Natijada miyadagi stress tizimi kuçliroq faollaşadi va tinçlanişga tösqinlik qiladi.
Tadqiqotlar şuni körsatadiki, uyda tartibsizlik mavjud bölsa, ayollarda kortizol – stress gormoni sezilarli darajada kötariladi. Bu holatning sababi aksar hollarda oilaviy muhit bilan boğliq: negaki xonadon tartibini saqlaş va tozalaş mas’uliyati ayollar yelkasiga tuşadi.
Uy tartibsizligi miyada kognitiv yukni oşiradi, konsentratsiya bölinadi, ong tinçlanmaydi. Bu holat ruhiyat bilan birga jismoniy salomatlikka ham ta’sir qiladi: doimiy stress kortizol darajasini oşiradi, uyqu sifatini pasaytiradi va çarçoqni tezlaştiradi. Şu sababli, köplab psixologlar tartibli uy muhitini saqlaşni tavsiya qiladi. Mazkur jarayonda oddiy çoralar ham samarali bölişi mumkin: keraksiz narsalarni yopiq şkaf va qutilarga soliş, xonani muntazam tozalaş, har bir oila a’zosining tartibni saqlaş mas’uliyatini muvozanatlaş.
Uyqu sifati ham zarar köradi
Çarçoqli kundan keyin uyga qaytgan odam xonada tinçlik va osoyiştalikni his qilişi kerak. Ammo pol ustida soçilib yotgan öyinçoqlar, stoldagi keraksiz qoğozlar, oçiq javonlarda töplangan buyumlar miya uçun doimiy “signal” sifatida körinadi. Miyamiz buni bajarilişi kerak bölgan vazifa deb qabul qiladi va ong tinçlanmaydi. Oqibatda organizm töliq dam olmaydi, uyqu sifati yomonlaşadi.
Natijada köplab salbiy oqibatlar yuzaga keladi:
§ Uyquga ketiş qiyinlaşadi:








