Bangladeşdagi tartibsizliklar sönggi ikki kun içida 231 kişining hayotiga zomin böldi.

Dhaka Tribune gazetasining yozişiça, keça Bangladeşdagi tartibsizliklar boş vazir Şayx Hasina hukumat kursini tark etganiga va armiya «ötiş davri hukumati tuzilişini» e’lon qilganiga qaramay davom etgan.

Namoyişlar çoğida 135 kişi zöravonlik qurboni böldi.

Eng qattiq töqnaşuvlar sodir bölgan poytaxt Dakkada keça politsiya otişmasi, tödalar töqnaşuvi va talonçilik oqibatida 78 kişi halok böldi, yuzlab kişi tan jarohati oldi. 

Bangladeşning deyarli barça ştatlarini qamrab olgan tartibsizliklar paytida köplab rasmiy binolar yoqib yuborilgan. Şerpur şahrida namoyişçilar egallab olgan qamoqxonadan 500 dan ortiq mahbus qoçib ketdi. 

Bangladeşda ommaviy tartibsizliklar mamlakat hukumati davlat lavozimlari uçun aksariyat kvotalarni bekor qilganidan keyin boşlandi.