Fransiya prezidenti Emmanuel Makron taklifiga binoan davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning bu mamlakatga rasmiy taşrifi davomida davlatlar rahbarlari tomonidan ikkita yirik körgazma oçildi. Luvr muzeyida oçilgan “Özbekiston vohalarining möjizalari. Karvon yöllari çorrahasida” körgazmasi va Arab dunyosi institutida taşkil etilgan “Samarqandga yöl. Ipak va oltin möjizalari” namoyişi şular jumlasidan.

Luvrdagi namoyiş miloddan avvalgi V—VI asrdan Temuriylargaça bölgan davrlarni qamrab oladi, Arab dunyosi institutidagi körgazmada esa, XIX –XX asr örtalariga oid eksponatlar, şuningdek, Özbekiston davlat muzey töplamlaridagi Turkiston avangardi yönalişiga oid möyqalam asarlari örin olgan.

Hammasi nimadan boşlandi?

2018 yilning oktabr oyida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev birinçi marta rasmiy taşrif bilan Fransiyada böldi. Madaniy dastur doirasida Luvr muzeyiga ekskursiya taşkil qilindi. Bu vaqtda uşbu muzeyda Özbekistonning boy tarixiy va madaniy merosiga bağişlangan ulkan körgazmani taşkil qiliş ğoyasi şakllana boşlayotgan edi va davlatimiz rahbari bu ğoyani ma’qulladi.

Bundan oldin köplab juda muhim voqealar yuz berganini ham ta’kidlaş joiz.

2009 yilda arxeolog va ilmiy tadqiqotçi Rokko Rante Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand Arxeologiya instituti jamoasi bilan hamkorlikda Buxoroda ötkazilayotgan arxeologik qidiruv işlariga rahbarlik qilgan edi. Mamlakatimiz tomonidan unga Jamol Mirzaahmedov, söngra Abdisabur Raimqulovlar boşçilik qilgan. 2011 yilda Rante öşa paytlarda Luvr muzeyi prezidenti bölgan Anri Luarettani yurtimizga taklif etadi. Tarixiy materiallar közdan keçirilgaç, körgazmani taşkillaştirişni boşlaş töğrisida qaror qabul qilinadi va bu qaror 2017 yilda qat’iy tasdiqlanadi.

Biroz vaqdan söng, Özbekistonning Samarqand viloyatida yana fransuz mutaxassislari bilan birga olib borilgan boşqa qazilma işlari davomida zardöştiylik davriga oid noyob öyma naqşli panno (devoriy rasm) topiladi. Topilma dunyo ahamiyatiga molik yodgorlik edi.

Taxminlarga köra, qazilma işlari olib borilgan joyda islom davri (VIII asr)gaça hukmdorlarning saroyi bölgan. Qal’a içidagi inşootda haşamatli xona bölgani aniqlangan, uning aksariyat qismini uç poğonali şohsupa egallagan. Olimlarning fikriça, u yerda hukmdor taxtda ötirgan. Panno esa xona devorlarini bezab turgan.