Uning sözlariga köra, hozirgaça kelib tuşgan murojaatlar soni taxminan 20 taga yetgan.
Tergovning asosiy maqsadi Fransiyada odam savdosi bilan boğliq ehtimoliy vositaçilarni aniqlaşdan iborat. Tergovçilar Epşteynning jinoiy faoliyatiga yordam bergan bölişi mumkin bölgan şaxslarni tekşirmoqda.
“Hozirça javobgarlikka tortilişi mumkin bölgan biror şaxs söroq qilingani yöq”, — dedi prokuror.
Uning ta’kidlaşiça, tergovning hozirgi bosqiçida avvalo ehtimoliy qurbonlarning körsatmalari yiğilmoqda, şundan keyin aşyoviy dalillar örganiladi.
Keyingi bosqiçlarda Epşteynning kompyuteridagi ma’lumotlar, telefon muloqotlari va manzil kitoblari ham ekspertizadan ötkaziladi.
Amerikalik moliyaçi Jyeffri Epşteyn 2008–2009 yillarda fohişalikni taşkil qiliş aybi bilan jazo ötagan. U 2019 yil 6 iyul kuni voyaga yetmagan qizlarni fohişalikka majburlaş aybi bilan yana hibsga olingan va 10 avgust kuni Nyu-Yorkdagi qamoqxona kamerasida osilgan holda topilgan.
2025 yil dekabrida Epşteyn işiga oid hujjatlarning birinçi qismi e’lon qilingan edi. 2026 yil 30 yanvarda esa AQŞ Adliya vazirligi “Epşteyn fayllari”ga oid yana 3 milliondan ortiq sahifa, 2000 ta video va 180 mingta tasvirni jamoatçilikka taqdim etdi.
Avval e’lon qilingan materiallarda Britaniya şahzodasi Endryu kabi taniqli şaxslar bilan aloqalar ham tilga olingan. Şuningdek, JPMorgan banki Epşteyn bilan uzoq yillar hamkorlik qilgani uçun jabrlanuvçilar bilan 290 million dollarlik kelişuvga erişgan.
AQŞ Adliya vazirligi ma’lumotiga köra, iş materiallarida 1200 dan ortiq jabrlanuvçi aniqlangan.
Epşteyn işi böyiça yangi qurbonlar körsatma bermoqda
15:10 / 18.05.20266 1122 min
Parij prokuraturasiga amerikalik moliyaçi Jyeffri Epşteyn işi böyiça yana “önga yaqin” ehtimoliy jabrlanuvçi murojaat qildi. Bu haqda Parij prokurori Lor Beko RTL telekanali efirida ma’lum qildi.













