Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“UzAuto Motors” davlat va xalqaro kompaniyalar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘ldi
Kuni kecha, 24 noyabr kuni “Hyatt regency Tashkent” mehmonxonasida ““DaVinchi mukofoti- 2022” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Foto: UzAuto Motors
“UzAuto Motors” AJ davlat kompaniyalari orasida “Ish izlovchilar orasida eng talabgir ish beruvchi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.
“DaVinchi mukofoti” tanlovi 2016 yildan buyon har yili yurtimizda DaVinci Management Consulting tomonidan o‘tkazib kelinadi. Unda O‘zbekistondagi yirik ish beruvchilar mahalliy, davlat va xalqaro kompaniyalar 13 nominatsiyada ishtirok etib, mamlakatda inson kapitalini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlanadi. Joriy yil “UzAuto Motors” AJ ham ushbu tanlovda faol ishtirok etdi va munosib taqdirlandi.
Bugungi kunda kompaniyada 12 000 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritib, kompaniya rivojiga hissa qo‘shmoqda.
Reklama
Mavzuga oid
14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
21:14 / 09.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasining shvetsiyalik sobiq rahbari yangi ish topdi
18:45 / 27.12.2024