Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik erkak kemadan okeanga quladi va suvda 15 soat qolib ketdi
Amerikaning Meksika ko‘rfazida yosh yigit Carnival Valor kruiz kemasidan okeanga qulab tushdi. Sohil qutqaruvchilari uni 15 soatdan keyin topishdi. Shunga qaramay erkak tirik qoldi.
New York Post xabariga ko‘ra, u singlisi bilan birga ovqatlangan va hojatxonaga ketib, qaytib kelmagan. Singlisi uning g‘oyib bo‘lgani haqida faqat ertasi kuni xabar qilgan. Shundan so‘ng, kruiz kemasi Yangi Orleanga qaytib ketgan. Qutqaruvchilar esa qidiruv ishlarini boshlagan va taxminan 15 soatdan keyin uni topishgan.
Erkak Nyu-Orleandagi shifoxonalardan biriga yotqizildi. Shifokorlar jabrlanuvchida og‘ir gipotermiya, shok va suvsizlanish alomatlarini qayd etishdi. Hozirda uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Qutqaruvchilar bu erkakning tirik qolganini mo‘jiza deb hisoblashmoqda.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026