23:10 / 26.11.2022
13197

JCh-2022. Mbappe dubli evaziga Daniyani mag‘lub etib, Fransiyani 1/8 finalga olib chiqdi

JCh-2022 D guruhi 2-turi doirasida Fransiya milliy jamoasi Daniyaga qarshi saf tortdi.

«Stadium 974»da o‘tgan uchrashuvning 61-daqiqasida Mbappe hisobni ochgan bo‘lsa, 7 daqiqadan keyin Kristensen muvozanatni tikladi – 1:1.

86-daqiqada katta sahnaga yana Mbappe chiqdi. Grizmanning uzatmasidan keyin Kilian Shmeyxel darvozasini ishg‘ol etdi – 2:1.
 
Shu tariqa, Fransiya 2-turdan keyin 6 ochko bilan nimchorakfinalga yo‘llanma oldi. Avstraliya (3 ochko) 2-o‘rinda, Daniya (1) va Tunis (1) 3-4-o‘rinlarni egallab turibdi.

JCh-2022. D guruhi. 2-tur
Fransiya – Daniya 2:1
Gollar:
1:0 – 61 Mbappe, 1:1 – 68 Kristensen, 2:1 – 86 Mbappe.
Fransiya – Loris, Kunde, Varan (Konate, 75), Upamekano, Ernandes, Rabo, Tchuameni, Jiru (Tyuram, 63), Grizmann, Dembele (Koman, 75), Mbappe.
Daniya – Shmeyxel, Kristensen, Kristensen, Andersen, Nelsson, Mele, Eriksen, Xeyberg, Damsgor (Dolberg, 73), Lindstrem (Nergor, 85), Kornelius (Breytueyt, 46).
Ogohlantirishlar: Kristensen (20), Kornelius (23), Kunde (43).

Mavzu
Qatar-2022
20 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi.
Barchasi
Top