Jahon çempionatida D guruhida 1-tur bahslari yakuniga yetdi. 

Amaldagi çempion Fransiya Avstraliya bilan bahsda birinçi bor töp ötkazib yuborganiga qaramay, yirik hisobda ğalaba qozondi. Gudvinning tezkor goliga Rabo, Jiru (dubl) va Mbappe javob berişdi. 

Jiru milliy jamoadagi gollarini 51taga yetkazib, bu borada rekordçi Terri Anriga yetib oldi. Rabo va Mbappe gol urişdan taşqari, assistni ham öz hisoblariga yozdirib qöyişdi.

Eslatib ötamiz, Daniya va Tunis örtasidagi guruhning birinçi öyinida hisob oçilmagandi.

JÇ-2022. 1-tur. D guruhi
Fransiya — Avstraliya 4:1
22 noyabr, «Al Janub»
Gollar: Rabo (27), Jiru (32, 71), Mbappe (68) — Gudvin (9).
Fransiya – Loris, Pavar (Kunde, 89), Upamekano, Konate, Lyuka Ernandes (Teo Ernandes, 13), Rabo, Tçuameni (Fofana, 77), Jiru (Tyuram, 89), Grizmann, Dembele (Koman, 77), Mbappe. 
Avstraliya – Rayan, Atkinson (Degenek, 85), Suttar, Roulz, Behiç, Muy, Irvayn (Bakkus, 85), Makgri (Mabil, 73), Lekki, Dyuk (Kammings, 56), Gudvin (Kuol, 74).
Ogohlantirişlar: Dyuk (55), Irvayn (80), Muy (90+5).