Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Twitter bloklansa, o‘z smartfonini chiqarishga tayyorligini aytdi
Biznesmen va Twitter mikrobloglar ijtimoiy tarmog‘ining yangi egasi Ilon Mask agar Google yoki Apple ilovalari do‘konlaridan ijtimoiy tarmoq o‘chirib tashlasa yoki undan foydalanish cheklansa, o‘z smartfonini yaratishga tayyorligini aytdi.
Foto: Chesnot / Getty Images
Podkastlar muallifi Liz Uiler: «Agar Apple va Google ilovalar do‘konidan Twitter olib tashlansa, Ilon Mask o‘z smartfonini yaratishi kerak. Mamlakatning yarmi noxolis va josuslik qiluvchi iPhone va Androidlardan mamnunlik bilan voz kechadi. Marsga uchish uchun raketa qurayotgan odamga oddiy smartfonni ishlab chiqarish qiyinchilik tug‘dirmasa kerak», deb taxmin qilganidan so‘ng, Mask «Umid qilamanki, bunday bo‘lmaydi, lekin agar boshqa tanlovim bo‘lmasa, men muqobil smartfon yarataman», deb javob qaytardi.
Avvalroq, Twitter egasi Ilon Mask yaqin orada ijtimoiy tarmoq turli rangdagi verifikatsiya belgilariga ega obunalarni sotishni boshlashini ma’lum qildi: kompaniyalar uchun oltinrang, hukumatlar uchun kulrang va jismoniy shaxslar uchun ko‘k rangdagi.
Mavzuga oid
19:15 / 14.12.2025
Twitter nomi qafasdan chiqyapti
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
23:47 / 14.08.2024