Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada harbiy ro‘yxatga olingan fuqarolar reyestri tuziladi
Rossiyada 2024 yil 1 aprelgacha harbiy ro‘yxatga olish hujjatlarini yangilash uchun zarur bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan davlat axborot resursi yaratiladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan tegishli farmon huquqiy axborotning rasmiy portalida e’lon qilingan.
Shu bilan birga, Federal soliq xizmati va Rossiya Mudofaa vazirligiga "Rossiya Federatsiyasi aholisi, harbiylar, shuningdek, harbiy ro‘yxatga olinmagan, ammo harbiy ro‘yxatga olinishi shart va zaxirada bo‘lmaganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona federal ma’lumotlar reyestridan foydalangan holda, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarni aniqlashni amalga oshirish» topshirildi".
Bundan oldin Rossiya IIV chegarada xorijliklarning barmoq izlarini olishni taklif qilgandi.
Barmoq izlarini olish hozirgi paytdagi kabi migratsiya xizmati hududiy bo‘linmalarida emas, balki chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarida amalga oshirilishi kerak, deb hisoblamoqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi.
«Biz buni juda muhim protsedura deb hisoblaymiz. Albatta, kelajakda bularning barchasi nazorat-o‘tkazish punktlarida bo‘lishi kerak... Biz bu masalani tegishli idoralar bilan muhokama qilmoqdamiz», dedi Valentina Kazakova, Rossiya IIV migratsiya boshqarmasi raisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda qariyb 3 million kishidan migratsiya bo‘limlarida barmoq izlari olingan.
Mavzuga oid
10:00 / 13.06.2026
Sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
08:36 / 18.02.2026
O‘zbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya tashkilotlari reyestri yuritiladi
11:54 / 16.02.2026