Özbekiston hukumati Toşkentdagi uçta onkologik şifoxonani sotiş böyiça yopiq qaror çiqargan. Respublika onkologiya markazi, uning Toşkent şahar va Toşkent viloyati filiallari yangi qurilayotgan yagona onkologik kompleksga birlaştiriladi.
Şifokor-onkolog Şermuhammad Umirov Kun.uz bilan suhbatda Özbekistonda saratonga çalinganlarning oylab navbatga turayotgani sabab köplab holatlarda kasallik sönggi bosqiçga borib qolayotgani, bunday şaroitda mavjud örinlarning qisqartirilişi fojia ekanini aytdi.
“Şifoxonalarni qöşib yuboriş notöğri”
— Bugun Özbekistonda 100 mingdan ortiq onkologik kasalga çalingan bemorimiz bor va ularning 30 foizdan ortiği oğir ahvolda. 100 ming bemorning 10 mingga yaqini – 18 yoşga tölmagan bolalar.
Şunday qiyin vaziyatda onkologik şifoxonalarni kamaytiriş yoki örinlar sonini qisqartiriş – fojia.
Yangi kasalxona qurilişi yaxşi iş, lekin Respublika onkologiya markazini Toşkent şahri va viloyati bilan qöşib yuboriş notöğri.
Bolalar onkologiyasi bölimi ham alohida bölişi kerak. Bugungi kunda Toşkent viloyat onkologiyasida bolalar bölimi yöq. Bu borada haqiqatan ham kulgili ahvoldamiz. 4 mln aholisining 36 foizi 18 yoşgaça bölgan bolalardan iborat bölgan viloyatda şu bolalarning davolanişi uçun bolalar onkologiya bölimi yöqligi açinarli. Bu viloyatdagi saratonga çalingan bolalar poytaxtga kelişadi. Biz ularga Toşkent şahar onkologiyasiga order beramiz davolaniş uçun, u yerda katta navbat bor – lekin joy yöq, yetmaydi. Oqibatda birinçi yoki ikkinçi bosqiçda aniqlanişi, davolanişi kerak bölgan kasallik oğir bosqiçlarga ötib ketadi.
Viloyatning bitta tumanini misol keltiray, mingta onkologik kasali bor va şundan 500 ga yaqini bolalar. Bu kiçkina sonmi? Şu 500 bemor boladan kamida 40 nafari nobud bölyapti.
Dunyo böyiça 1 soniyada 1 odam onkologik kasaldan vafot etadi. Özbekistonda esa taxminan har 10 daqiqada bitta onkologik kasalga çalingan odam nobud böladi. Bu kimningdir singlisi, kimningdir ukasi, kimningdir otasi, kimningdir onasi, kimningdir bolasi bölişi mumkin. Buni heç kim inkor qilolmaydi.
















