O‘zbekiston | 11:44 / 28.11.2022
2810
1 daqiqa o‘qiladi

Dubay bilan O‘zbekiston tarixiy shaharlariga sayyohlarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatiladi

Dubayda turizm sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo AA

O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasida Yaqin Sharq mintaqasidagi yirik sayyohlik kompaniyalaridan biri Golden Arrow rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonga Yaqin Sharq davlatlaridan sayyohlarni jalb qilish, kompaniya vakillarining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etishi masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Golden Arrow kompaniyasi rahbariyati O‘zbekiston tarixiy shaharlariga sayyohlarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid