O‘zbekiston | 08:57 / 28.11.2022
5776
1 daqiqa o‘qiladi

Statistika ma’lumotlarini davlat xizmatlari markazlari orqali olish yo‘lga qo‘yiladi

Hukumat qarori bilan statistika ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz

Fuqarolar mazkur davlat xizmati doirasida statistika dasturi va faoliyatida yuritiladigan statistik tasniflar asosida shakllantiriladigan ma’lumotlar, ochiq manbalarda e’lon qilinadigan ma’lumotlarni olishi mumkin.

Quyidagilar davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi: 

tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bo‘lgan, individual ma’lumotlarni so‘rash; 

shakllantirilishi statistika dasturida nazarda tutilmagan yoki shakllantirish muddati hali kelmagan statistika ma’lumotlarini so‘rash.

Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi. Davlat xizmati doirasida olingan statistika ma’lumotlarini tarqatishda (qayta chop etishda) ma’lumot olingan manbaga majburiy tartibda havola berilishi shart.

Taqdim etiladigan har bir statistik ma’lumotni shakllantirish uchun BHM 0,08 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Mavzuga oid