Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Koreyaning 30 dan ortiq kompaniyalari rahbarlari bilan qo‘shma loyihalar muhokama qilindi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekistonda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan Janubiy Koreyaning 30 dan ortiq kompaniyasi rahbarlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Foto: Dunyo
Muloqotda energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, qurilish, geologiya, sog‘liqni saqlash, muhandislik va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Janubiy Koreyalik investorlar ularni qiynab kelayotgan masalalarni aytib, loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha konstruktiv takliflar bilan o‘rtoqlashdi. Vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar vakillari tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan atroflicha javoblar berildi va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqildi.
Davra suhbati yakunida loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar, muddatlar va mas’ul ijrochilar belgilangan «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unda ilgari surilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar ham o‘z aksini topadi.
Mavzuga oid
15:10 / 17.12.2025
Toshkentda O‘zbekiston–Koreya strategik sherikligi muhokama qilindi
13:07 / 17.12.2025
Toshkentda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi
19:52 / 06.12.2025
O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi
09:35 / 27.10.2025