Qöşma operatsiyalar joriy yilning 12 dekabrigaça davom etadi va qonuniy asosga ega bölmagan migrantlarni, mahalliy aholi iş örinlarini egallab turgan çet ellik xodimlarni, vositaçilarni hamda me’yorlarga zid faoliyat yurituvçi şaxslarni aniqlaşga qaratilgan. Alohida e’tibor APEC 2025 Korea sammiti arafasida nazorat va xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan Kyonju şahri va unga tutaş hududlarga qaratilayotgani ma’lum qilindi.
Migratsiya qonunçiligini buzganlik uçun jarima, deportatsiya va mamlakatga qayta kirişni taqiqlaş kabi çoralar közda tutilgan. Şu bilan birga, Adliya vazirligi reydlar paytida çet ellik fuqarolarning inson huquqlariga rioya qilinişiga alohida e’tibor qaratilişini ta’kidladi. Vazirlik, şuningdek, noqonuniy maqomni ixtiyoriy ravişda bartaraf etiş kelgusida jiddiy huquqiy oqibatlardan qoçişga yordam berişini eslatdi.
Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotlariga köra, yil boşidan buyon E-9 vizasi şartlarini buzgan 26 nafar fuqaroga nisbatan jarima sanksiyalari qöllanilgan. Uç tomonlama kelişuvga muvofiq, ularning har biri noqonuniy bölib turgan har bir oyi uçun 2000 dollar miqdorida jarimaga tortilgan.

















