Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston shimolidagi madrasada yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Ularning aksariyati madrasa talabalari bo‘lgan.
30 noyabr kuni Afg‘oniston shimolidagi Samangan viloyati, Aybak shahri, Al-Jihodiy madrasasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida 19 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohat oldi.
Jarohat olganlar va halok bo‘lganlarning jasadi keltirilgan Aybak shifoxonasi ma’lumotiga ko‘ra, ularning aksariyati madrasa talabalari.
Afg‘oniston matbuoti «Tolibon» harakati jangchilari madrasani o‘rab olgani va portlash sodir bo‘lgan joyda surat va videotasvirga olishga ruxsat bermayotganini ta’kidlamoqda.
Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan terrorchi guruhlarning hech biri madrasadagi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
O‘tgan yilning avgust oyida Afg‘onistonda «Tolibon» hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng, mamlakatning turli diniy muassasalarida teraktlar muntazam sodir bo‘lib turibdi.
2021 yil 17 avgust kuni Kobuldagi «Sodiq Akbar» masjidida yuz bergan portlashda 21 kishi halok bo‘ldi, 33 kishi jarohatlandi. 2022 yil 22 aprel kuni shimoliy Qunduz viloyatining Imom Sohib tumanida sunniylar masjididagi portlashda 33 kishi halok bo‘ldi, 43 kishi yaralandi. 21 aprel kuni Mozori Sharifdagi shialar masjidida portlashda 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi va 90 ga yaqini yaralandi.
IShID terrorchilik tashkilotining afg‘on bo‘linmasi bo‘lgan IShID-Xuroson ushbu teraktlarning aksariyati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan edi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026