Jahon | 18:49 / 02.12.2022
10233
2 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili siyosatni tark etmoqchi

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili siyosatni tark etmoqchi. Hozir u vatanida qamoq jazosini o‘tamoqda.

Foto: AP

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili endi mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etmoqchi emas. Uning ahvoli yomonlashmoqda. Saakashvili o‘zining ehtimoliy zaharlanishida Gruziya rasmiylarini ayblamayapti. Bu haqda siyosatchining onasi Giuli Alasaniya ma’lum qildi.

«Biz o‘z fikrimizni aniq aytmoqchimiz: Mixail Saakashvili o‘zining ehtimoliy zaharlanishida Gruziya rasmiylarini ayblamayapti», — dedi u.

Siyosatchining onasi Saakashvilining sog‘lig‘i bilan bog‘liq mavzuni siyosiylashtirmaslikka chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, hozirda Gruziya sobiq prezidentining «hayot va o‘lim masalasi» hal qilinmoqda.

Giuli Alasaniya siyosatchining ahvoli yomonlashayotganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvili endi mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etish niyatida emas.

Mixail Saakashvili 2022 yil may oyida mansab vakolatini suiiste’mol qilganlik va undan g‘arazli niyatda foydalanganlikda aybdor deb topilib, 6 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi. Hozirda u Tbilisidagi Vivamed klinikasida davolanmoqda. 

28 noyabr kuni siyosatchining advokati Shalva Xachapuridze Saakashvilining qonida simob va boshqa og‘ir metallar izlari topilgani haqida xabar berdi.

Mavzuga oid