Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Forum yakuniga ko‘ra, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘ndan ortiq hujjat imzolandi.
Foto: uznews.uz
Joriy yilning 1-2 dekabr kunlari Samarqandda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin raisligida Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unda ikki davlat vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari va uyushmalar rahbarlari, shuningdek, 500 dan ortiq yetakchi kompaniya va korporatsiyalar vakillari ishtirok etdi.
Forumda ikki mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarida, jumladan, avtomobilsozlik, kimyo va to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi va farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Shuningdek, forum doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etilib, ularda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va o‘zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlarning transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligi bildirildi. Joriy yilda yuk tashish hajmi 21 foizga oshgani, bunda tranzit yuk tashishlar salmog‘i 25 foizga ko‘paygani qayd etildi. Shu bilan birga hududlar orqali tranzit yuk tashishda ishonchli transport-logistika zanjirlarini shakllantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Majlis yakuniga ko‘ra, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘ndan ortiq hujjat imzolandi.
Mavzuga oid
11:39 / 28.02.2026
“17 ming dollarga Isroilga yuboraman”: Samarqandda gumonlanuvchi ushlandi
17:51 / 19.02.2026
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining Samarqand viloyatida sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
08:21 / 19.02.2026
Samarqandda zamonaviy dor yo‘li qurilishi boshlandi
08:51 / 18.02.2026