E-qaror elektron platformasida hokimlarning qaror va farmoyişlari, kengaş qarorlari yopiq şaklda aks eta boşladi. Yaşirilgan hujjatlarga “uşbu hujjat şaxsga doir ma’lumotlar, vasiylik va homiylik yoki amaldagi qonunçilikka muvofiq boşqa turdagi foydalanişi çeklangan axborot mavjudligi tufayli yaşiringan”ligi haqidagi izoh qöşilgan. Endi E-qaror platformasida yopiq hujjatlarning hujjat tartib raqami, qabul qilingan vaqti va qaysi hokimlikka tegişliligiga oid ma’lumotlar aks etyapti.

 E-qaror elektron platformasidan skrinşot 

Şu bilan birga, platformada hujjat oşkoraligi funksiyasi qöşilgan va “barça”, “oçiq” va “yaşirin” hujjatlarni filtrlaş imkoniyati yaratilgan.  

E-qaror elektron platformasidan skrinşot 

Ilgari yaşirib qöyilgan hujjatlar platformada aks etmasdi va bu jamoatçilikda savollarni tuğdirgandi.  

Xususan, 2022 yilning 3 noyabrida Toşkent şahar hokimligi  E-qaror platformasida 2022 yilning yarim yilligidagi şahar budjeti daromadlari va xarajatlari töğrisidagi mahalliy kengaş qarorlarini e’lon qildi. Biroq oradan ikki kun ötib, hujjatlar yöqolib qoldi. E’tirozlardan keyin qaror yana platformada körindi. 

Adliya vazirligining tuşuntiriş berişiça, qonunçilikka muvofiq hokimliklar tomonidan ayrim hollarda foydalanilişi çeklangan axborotlarni (mudofaa, xavfsizlik, şaxsga doir ma’lumotlar, vasiylik va homiylik hamda boşqalar) öz içiga olgan qaror va farmoyişlar qabul qilinadi. Şundan kelib çiqib, kengaş rahbarlari – hokimlar qarorni e’lon qilişi yoki qilmasligi mumkin. Uşbu bayonotdan keyin aniq böldiki, E-qaror portalidagi hujjatlar öçirib yuborilmaydi, balki yaşirib qöyiladi.