Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida hafta davomida qor yog‘ishi kutilmoqda
«Qamchiqavtoyo‘l» ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi haydovchilarni dovon yo‘lida noqulay ob-havo bo‘lishidan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, A-373 M-39 Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon—Andijon orqali—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida 4 dekabrdan boshlab hafta davomida qor yog‘ishi kutilmoqda.
Ayni paytda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
«Qamchiqavtoyo‘l» matbuot xizmati dovon orqali harakatlanadigan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini, avtotransport vositalari shinalarini qishgisiga almashtirishlarini tavsiya qildi.
Mavzuga oid
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
11:24 / 08.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
11:53 / 25.05.2026
May oyida eng ko‘p yog‘ingarchilik qaysi hududlarda kuzatiladi?
22:04 / 10.05.2026