O‘zbekistonni Pokiston bilan bog‘lovchi Transafg‘on temir yo‘li qurilishi narxi oshdi
O‘zbekiston va Pokistonni bog‘laydigan Transafg‘on temiryo‘li qurilishi dastlab taxmin qilinganidan deyarli ikki barobar qimmatga tushishi mumkin.
Loyihaning yangi smeta qiymati Pokiston Senatining temir yo‘l infratuzilmasi qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Temir yo‘l vazirligi kotibi Zafar Ranja so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridan Pokistonning Peshovar shahrigacha quriladigan Transafg‘on temir yo‘li narxi 8,2 milliard dollarga tushadi.
O‘zbekiston chegarasidan Afg‘oniston orqali Pokistongacha bo‘lgan temir yo‘l liniyasini barpo etish tashabbusi 2018 yilda ilgari surilgan edi. Dastlab 5 milliard dollarga baholangan loyihaga xorijlik kompaniyalar, jumladan «Rossiyskiye jyeleznyye dorogi» ham qiziqish bildirdi.
Qurilish ishlarini 2021 yil kuzida boshlash rejalashtirilgan edi, biroq Afg‘onistonda hokimiyat almashishi bunga yo‘l qo‘ymadi. «Tolibon» harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumat esa muzokaralardan so‘ng loyihaga qo‘shildi. Shu yilning yanvar oyida temir yo‘lning dastlabki yo‘nalishi tasdiqlandi.
Loyihaning amalga oshirilishi natijasida tovar-mahsulotlarni Markaziy Osiyo, MDH va Yevropaga yetkazib berish muddati sezilarli darajada qisqarishi kutilmoqda. Masalan, Pokistondan O‘zbekistonga yuk tashish 35 kun emas, balki 3-5 kun davom etishi kutilyapti, bunda tovarlarni yetkazib berish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalish bo‘ylab yiliga 10 million tonna yuk tashilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada kayfiyatni yaxshilashga yordam beradigan miya implantati yaratildi
Fan-texnika | 18:29
-
Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 18:24
-
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 18:17
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
Mavzuga oid
20:31 / 17.01.2025
AQSh Afg‘onistonning muzlatilgan aktivlarini taqiqdan chiqarmadi
17:23 / 17.01.2025
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi
13:45 / 17.01.2025
O‘zbekiston va Misr Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi
15:36 / 15.01.2025