Jamiyat | 13:49 / 07.12.2022
15347
2 daqiqa o‘qiladi

SSV: Ertaga tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

8 dekabr — umumxalq bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:

  • 1049 ta oilaviy poliklinika;
  • 1080 ta oilaviy shifokor punkti;
  • tuman, viloyat va respublika shifoxonalari;
  • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari;
  • tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.

Mamlakat bo‘ylab 2733 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda bo‘ladi.  

Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi. 

Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollarga malakali mutaxassislardan tun-u kun javob olish mumkin. 

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining markaziy apparati va hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor, vrach-laborant va yordamchi xodimlar faoliyatini davom ettiradi. 

«Sog‘liqni saqlash vazirligi bayram kunida uzluksiz mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligini bildiradi», deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid