Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 dekabr kuni ayrim hududlarda harorat 9 daraja sovuqqacha pasayadi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 9 dekabr, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja, kunduzi 3-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, ba’zi joylarda 24 daraja, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, Navoiy viloyati shimolida kechasi 15-20 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublika tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.