Peru politsiyasi bir neça soat avval mamlakat parlamenti tomonidan impiçment e’lon qilingan prezident Pedro Kastiloni hibsga oldi, deb xabar bermoqda 7 dekabr, çorşanba kuni mahalliy axborot agentliklari.
Peru Kongressi prezidentga impiçment e’lon qiliş uçun uçinçi urinişni amalga oşiriş niyatida edi. Bunga, AFP xabariga köra, Kastiloning bir qator inqirozlar, jumladan, unga qarşi oltita tergov, beşta vazirlar mahkamasi özgarişi va ommaviy noroziliklardan söng hokimiyatni amalga oşirişga «ma’naviy noçorligi» sabab bölgan.
Peru Kastiloga qarşi poraxörlik, adolatga tösqinlik qiliş, jinoiy taşkilotni boşqariş va universitet dissertatsiyasini yoziş paytida plagiat ayblovlarini tekşirmoqda.
Mamlakat konstitutsiyasi impiçment jarayonini huquqiy emas, balki siyosiy ayblar asosida boşlaşga ruxsat beradi, bu esa Peruda impiçmentni odatiy holga aylantiradi, deya qayd etadi AFP. Kastilo 2018 yildan beri konstitutsiyaning «ma’naviy qobiliyatsiz» bandiga köra işdan böşatilgan uçinçi prezidentdir.
Parlament yiğilişini kutmasdan, Kastilo xalqqa murojaat qilib, Kongressni tarqatib yuborişi, komendantlik soati joriy etişi va farmon bilan hukmronlik qilişini e’lon qildi. Bunga javoban parlamentariylar impiçment taklifini muhokama qiliş uçun rejalaştirilganidan ertaroq yiğilişdi. Natijada 130 deputatdan 101 nafari qaror uçun ovoz berdi.
Öşa kuni keçqurun Kastilo hibsga olindi, deb xabar berdi mamlakat prokuraturasi. Boş prokuratura ma’lumotlariga köra, u konstitutsiyaviy tuzumga suiqasd va davlat töntarişiga urinişda ayblanmoqda. Mahalliy RPP radiostansiyasi manbalari politsiya va harbiylar Kongress tomonida ekanini aytdi.
Parlamentning navbatdan taşqari yiğilişida Peru vitse-prezidenti Dina Boluarte Peruning yangi prezidenti sifatida qasamyod qildi va şu tariqa mamlakat tarixida bu lavozimni egallagan birinçi ayol böldi.
AQŞ Davlat departamenti impiçment e’lon qilinişidan oldin ham Kastiloni «qarorini bekor qilişga» undagan. «Mening tuşunişimça, Kongressning xatti-harakatlarini inobatga olgan holda, u hozir sobiq prezident Kastilo hisoblanadi», - dedi Davlat departamenti vakili Ned Prays parlament qaroridan söng. U qonun çiqaruvçilar demokratik qoidalarga muvofiq «tuzatiş çoralari» körganini aytdi.
Lotin Amerikasi hukumatlari çuqur taşviş bildirdi va demokratiyani hurmat qilişga çaqirdi. AFP agentligi eng sodiq ittifoqçilaridan biri deb ataydigan Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Kostiloni qöllab-quvvatladi. U Peruning «iqtisodiy va siyosiy elitasini» Kastiloning «qonuniy prezidentligi» boşlanganidan beri duşmanlikda aybladi. Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro hukumati «barça siyosatçilar» iştirokida muloqot ötkazişga çaqirdi.












