Tinç okeanida 95 kun qolib ketgan perulik 61 yoşli baliqçi Maksimo Napa Kastro tirik holda topildi, deb xabar beradi CNN.

Napa Kastro 7 dekabr kuni Peru janubidagi Markona şahridan okeanga qayiqda yöl olgan, ammo ob-havo yomonlaşgani bois u yönalişdan adaşib, 11 mart kuni Ekvadorga tegişli baliqçilar kemasiga duç kelgunga qadar suzib yurgan.

Baliqçi yomğir suvlarini töplab, haşarotlar, quş va toşbaqalar oziqlanişga majbur bölganini sözlab bergan, oxirgi 15 kun içida esa u heç narsa yemagan. Napa Kastro topilgan vaqtida juda oğir ahvolda bölgan.

Mahalliy OAVga baliqçi oilasi haqidagi öylari unga omon qolişga yordam berganini aytgan: «Onam uçun ölişni xohlamasligimni aytdim. Bir neça oylik nabiram bor, öşa uçun kuraşdim. Har kuni onam haqida öyladim».

Baliqçining qarindoşlari va döstlari uç oy davomida uni qidiriş bilan şuğullangan. Napa Kastroning qizi, xususan, otasi haqida 3 mart kuni Facebookʼka post qoldirib, hali umidini yöqotmagani haqida yozgan. Napa Kastro qutqarilganidan keyin u otasiga yordam körsatgan «ekvadorlik aka-uka»ga alohida minnatdorçilik bildirgan.