Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaning 19 mlrd yevrolik aktivlarini muzlatib qo‘ydi
AFP agentligining 9 dekabr kuni keltirgan statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari YeI sanksiyalari doirasida Rossiya kompaniyalari va oligarxlari hisoblaridagi 19 milliard yevroni muzlatib qo‘ygan.
Foto: rt.com
Belgiya 3,5 milliard yevro mablag‘ni muzlatib qo‘ygani bilan ro‘yxatning birinchi o‘rnida, undan keyingi o‘rindan Lyuksemburg 2,5 milliard yevro va Germaniya 2,2 milliard yevro muzlatilgan mablag‘ bilan joy oldi.
Malta (investitsiyalar evaziga ruslarga «oltin pasportlar» tarqatgan mamlakat) Rossiya aktivlarini muzlatib qo‘ygan davlatlar ro‘yxatini yopib bergan. Malta taxminan 150 ming yevroni muzlatib qo‘ydi.
Bundan oldin Yevropa komissiyasi Rossiyaning muzlatib qo‘yilgan aktivlarini musodara etish rejasini taklif qilgandi.
«Biz Rossiya Markaziy bankining 300 milliard yevrolik zaxiralarini blokladik va rossiyalik oligarxlarning 19 milliard yevrolik pullarini muzlatib qo‘ydik», — dedi Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda YeI va uning hamkorlari ushbu mablag‘larni boshqarish va sarmoya sifatida yo‘naltirishni o‘z zimmalariga olishlari mumkin. Undan tushgan mablag‘ Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplash uchun yuboriladi.
«Buni amalga oshirish uchun biz hamkorlarimiz bilan xalqaro shartnoma ustida ishlaymiz. Birgalikda buning qonuniy yo‘llarini topishimiz mumkin», dedi fon der Lyayyen.
Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi BMT ko‘magida Rossiya tajovuzkorligi jinoyatlarini tergov qilish va aybdorlarni jazolash uchun ixtisoslashtirilgan sud yaratishni taklif qilmoqda.
Mavzuga oid
17:25 / 19.01.2026
Yevropa va Lotin Amerikasi vakillari dunyodagi eng yirik erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuv imzoladi
15:44 / 16.01.2026
YeI chegaralarini noqonuniy kesib o‘tishlar soni 26 foizga kamaydi
23:20 / 15.01.2026
Grenlandiyani AQShdan himoya qilishning uchta varianti bor – The Economist
10:23 / 10.01.2026