11:14 / 12.12.2022
3637

Odessa ma’muriyati suv ta’minotidagi uzilishlar haqida xabar berdi

Odessa ma’muriyati «Infoksvodokanal» obektlarida elektr energiyasining avariyaviy uzilishlari tufayli suv ta’minotida ham uzilishlar yuzaga kelgani haqida ma’lum qildi. 

«Hozirda DTEK mutaxassislari obektlarimizni elektr energiyasi bilan ta’minlash jarayonini tiklashdi, shu bois suv ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat bir necha soat ichida barqarorlashadi. Shuningdek, nasos stansiyalarimiz ishlashi elektr energiyasining mavjudligiga bog‘liqligini eslatib o‘tamiz. Elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar yuz berganda, iltimos, uylarda ma’lum miqdorda ichimlik suvi zaxirada saqlanishi kerak», — deyiladi Odessaning Telegram'dagi rasmiy sahifasida. 

Bayonotga ko‘ra, ayni paytda Zastava, Lenselishche va Mejlimaniya aholisini suv bilan ta’minlovchi suv xo‘jaligi obektlarining elektr ta’minoti tiklanmoqda.

10 dekabrga o‘tar kechasi Rossiyaning kamikadze-dronlari Odessa viloyatidagi energetika infratuzilmasi obektlariga hujum qildi. 

Odessa shahar kengashining «Yug» operativ qo‘mondonligiga tayanib xabar berishicha, hujum natijasida katta zarar yetkazilgani, minglab iste’molchilar elektr energiyasiz qolgani aytiladi. 

Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot hozircha olinmagan. Hududda qutqaruv va tiklash xizmatlarining ishlari davom etmoqda.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top