Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo aholisi yiliga 80 ming nafarga oshmoqda. Azimov ushbu vaziyatda qaysi sohaga ko‘proq e’tibor qilish haqida gapirdi
Qarshi shahrida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan viloyatdagi yetakchi fermer-dehqonlar, soha faxriylari uchun bayram dasturxoni yozildi.
Unda o‘zlarining mashaqqatli va fidokorona mehnatlari bilan viloyat ahlining farovon hayoti yo‘lida xizmat qilayotgan, yurtimizda soha rivojiga hissa qo‘shayotgan qishloq xo‘jaligi xodimlarining xizmati e’tirof etildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov ishtirok etib, soha fidoyilarini tabrikladi.

“Joriy yil qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun juda sinovli keldi. Suv resurslarining har yilgidan 20-25 foizga tanqisligi, tabiatning injiqliklariga qaramasdan, viloyatda 1 mln tonnadan ortiq yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb 1,3 baravar ziyod g‘alla, 437 ming tonna paxta, 403 ming tonna sabzavot, 159 ming tonna poliz mahsulotlari, 149 ming tonna kartoshka, 44 ming tonna meva, 78 ming tonna uzum, 2296 tonna pilla, 229 ming tonna go‘sht, 898 ming tonna sut, 406 mln dona tuxum tayyorlashga erishildi.
G‘allachilikda o‘rtacha hosildorlikning gektariga 9 sentrga, paxtachilikda 6 sentrga oshganini alohida e’tirof etishimiz zarur.
Umumiy hisobda 23 trln so‘mga yaqin yoki o‘tgan yilga nisbatan 12 foiz ko‘p ishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi.
O‘zlashtirilgan 9 ming gektardan ortiq yer maydonlarida yangidan 20 mingta dehqon xo‘jaliklari tashkil qilindi.
Jumladan, 1530 gektarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalar, 738 gektarda xorijdan qaytgan migrantlar tomonidan “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirildi.
Yangidan 2 812 gektar bog‘ va 1 661 gektar tokzor barpo qilindi, intensiv usulda sabzavot yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.
Ayni paytda, viloyatda 77 ta agroklasterlar, xususan 18 ta paxta-to‘qimachilik, 28 ta g‘allachilik va 31 ta meva-sabzavotchilik va boshqa yo‘nalishlardagi klasterlar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yildi.
Klasterlar tomonidan ilgari surilayotgan tashabbus, yangi loyihalar va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda izchillik bilan hayotga joriy etish ishi soha rivojini ta’minlamoqda”, - dedi Murodjon Azimov.


Viloyat hokimi 2022 yildagi noqulay ob-havo sharoiti hamda eng ko‘p miqdorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi davlatlarda kechayotgan mojarolar natijasida global oziq-ovqat tanqisligi yanada kuchayishi mumkinligi haqida gapirdi.
Viloyat aholisi yiliga o‘rtacha 80 ming nafarga yoki 2,2 foizga o‘sib borayotgani, bu o‘z navbatida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshishiga olib keladi.


Shundan kelib chiqqan holda, kelgusi yilda viloyatda 376 mlrd so‘mlik 110 ta qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat loyihalari amalga oshiriladi.
Azimov fursatdan foydalanib, viloyatdagi ehtiyojmand oilalarga saxovat ko‘rsatayotgan klasterlar, fermer xo‘jaliklari, sohadagi tadbirkorlik sub’yektlariga minnatdorchilik bildirdi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026