Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Baydenga «misli ko‘rilmagan yordam» uchun minnatdorchilik bildirdi
Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Baydenga Rossiyaning keng ko‘lamli harbiy harakatlaridan keyin AQSh tomonidan Ukrainaga ko‘rsatilgan «misli ko‘rilmagan harbiy va moliyaviy yordam» uchun minnatdorchilik bildirdi.
Foto: president.gov.ua
Ikki davlat rahbarlari telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi Zelenskiy 12 dekabr, dushanbaga o‘tar kechasi Telegram'da.
Uning ta’kidlashicha, AQSh qo‘llab-quvvatlashi nafaqat Ukrainaning jang maydonida muvaffaqiyat qozonishiga hissa qo‘shgan, balki Ukraina iqtisodiyoti barqarorligini saqlab qolish imkonini ham bergan.
Bundan oldin AQSh Ukrainaga 275 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini tayyorlab qo‘ygani xabar qilingandi.
Uning tarkibiga 80 ming dona gaubitsa snaryadlari, HIMARS o‘q-dorilari, HUMVEE harbiy mashinalari, generatorlar, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari hujumiga qarshi va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari kiradi.
6 dekabr, seshanba kuni AQSh Kongressidagi tegishli qo‘mitalar 1 oktyabrda Qo‘shma Shtatlarda boshlangan 2023-moliya yili uchun Milliy mudofaa to‘g‘risidagi qonunni (National Defense Authorization Act, NDAA) kelishib oldi.
Unga ko‘ra, NDAA Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash hamda uning ta’minlanishi ustidan nazorat bo‘yicha Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi (Ukraine Security Assistance Initiative, USAI) doirasida 800 million dollar (746 million yevro) mablag‘ ajratadi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, bu AQSh prezidenti Jo Bayden joriy yil boshida so‘raganidan 500 million dollar (478 million yevro)ga ko‘pdir.
USAI paketi «AQShning Ukrainani eng dolzarb ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, uzoq muddatda uning suverenitetini himoya qilish uchun Ukraina Qurolli kuchlarining salohiyatini oshirish orqali uni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlaydi», deb ma’lum qildi Pentagon.
Mavzuga oid
15:10 / 03.05.2026
OAV: Ukraina va Yevroittifoqning orasi sovuqlashdi
20:02 / 29.04.2026
Zelenskiy Rossiyaga zarba berish masofasi uzayganini ma’lum qildi
09:35 / 20.04.2026
Ukraina Yevropani raketadan himoya tizimi yaratishga chaqirmoqda
19:56 / 10.04.2026