Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Energetika sohasiga 800 million yevrolik yordam kerak
Foto: Reuters
Ukraina hech bo‘lmaganda ushbu isitish mavsumi tugagunga qadar Yevropa energetika tizimidan favqulodda yordamga muhtoj, ya’ni Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 2 gigavattgacha bo‘lgan elektr energiyasi yetkazib berilishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Parijda Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha konferensiyadagi videomurojaati chog‘ida aytib o‘tdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ENsO-E – elektr energiyasini uzatish bo‘yicha Yevropa tizim operatorlari tarmog‘idan tegishli qaror talab qilinadi.
«Bunday yordamni joriy narxlarda taxminan 800 million yevroga baholash mumkin», - deya ta’kidladi Ukraina rahbari. «Albatta, bu juda katta miqdor, ammo bu ehtimoliy blekaut narxidan kamroq», — dedi Zelenskiy video-aloqa orqali.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga transformatorlar, shikastlangan yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini ta’mirlash uchun uskunalar, shuningdek, generatorlar va gaz turbinalari kerak.
«Terrorchilik xurujlari natijasida elektr stansiyalarimiz vayron bo‘lganligi sababli, biz bu qishda kutilganidan ko‘ra ko‘proq gaz ishlatishga majbur bo‘lamiz», — deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari.
Avvalroq 10 dekabrga o‘tar kechasi Rossiyaning kamikadze-dronlari Odessa viloyatidagi energetika infratuzilmasi obektlariga hujum qilgandi. Bu haqda Odessa shahar kengashi «Yug» operativ qo‘mondonligiga tayanib xabar berdi.
Hujum natijasida katta zarar yetkazilgani, minglab iste’molchilar elektr energiyasiz qolgani aytiladi.
Bundan oldin Ukrainaga Fransiyadan 100 ta generator yetib kelgandi.
Ukrainaga Fransiyadan yuk yetkazildi - yuzta o‘rta quvvatli generatorlar Rossiya tomonidan Ukrainaning muhim infratuzilmasi o‘qqa tutilayotgan bir paytda mamlakat aholisiga qishdan omon qolishga yordam beradi.
Yukni Ukraina energetika vaziri o‘rinbosari Farid Safarov qabul qildi. Generatorlar Yevropa Ittifoqining fuqarolik muhofazasi mexanizmi (UCPM) loyihasi doirasida sotib olingan, deya xabar beradi Ukraina Energetika vazirligi.
Germaniya energetika infratuzilmasini ta’mirlash uchun Ukrainaga 56 million yevroga yaqin mablag‘ ajratdi va 350 dan ortiq generator beradi.
Mavzuga oid
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
15:16 / 08.02.2026
Zelenskiy: AQSh urushni yozgacha tugatishni taklif qilmoqda
09:20 / 06.02.2026
Zelenskiy: Rossiya asirligidan 157 nafar ukrainlik qaytarildi
15:41 / 02.02.2026