Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda dunyoda rekord darajada ko‘p jurnalist hibsga olindi
Eng yomon vaziyat Xitoyda bo‘lib, bu mamlakatda yuzdan ortiq jurnalist qamoqda ekani aytildi.
2022 yilning 11 oyi davomida dunyo bo‘ylab 533 nafar jurnalist hibsga olingan – bu rekord bo‘lib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 13,4 foizga ko‘pdir. Bu haqda «Chegara bilmas muxbirlar» (RSF) xalqaro tashkilotining yillik hisobotida ma’lum qilindi.
Hibsdagi jurnalistlarning aksariyati Xitoyda - 110 kishi. «Senzura va ta’qib haddan tashqari darajaga yetgan Xitoy jurnalistlar uchun hamon dunyodagi eng katta qamoqxonadir», deyiladi hujjatda.
Hibsga olingan jurnalistlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Myanma turadi (62 nafar). Undan keyingi o‘rinlarda Eron (47), Vetnam (39) va Belarus (31) bormoqda. Rossiyada 18 jurnalist hibsga olingan.
Kasbiy faoliyati tufayli hibsga olingan ommaviy axborot vositalari xodimlarining 15 foizini ayollar (78 nafar) tashkil etadi, bu 2021 yilga nisbatan qariyb 30 foizga ko‘pdir. Bu ko‘rsatkich ham rekord hisoblanadi. Besh yil oldin butun dunyo bo‘ylab hibsga olingan jurnalistlar orasida ayollar ulushi 7 foizdan kam edi.
«Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotiga ko‘ra, ayni damda dunyo bo‘ylab kamida 65 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlari garovda qolmoqda, ikki nafari bedarak yo‘qolgan. Joriy yilda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 57 nafarga yetdi, bu 2021 yilga nisbatan 18,8 foizga ko‘p. Meksika ketma-ket to‘rtinchi yil jurnalistlar uchun eng xavfli davlat deb topildi, bu yerda 11 nafar OAV xodimi halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:01 / 12.09.2025
Jahon OAV AQShdan jurnalistlarga viza berishni kuchaytirmaslikni so‘rayapti
15:56 / 26.08.2025
«Tramp bexabar, Yevropa esa dahshatda» - G‘azoda Isroil armiyasi o‘ldirgan jurnalistlar haqida dunyo nima demoqda?
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
21:26 / 12.12.2024