Qonun loyihasi 50 ta manfaatdor vazirlik va idoradan kelişuvdan ötkazilgan bölib, beşta moddadan taşkil topgan. Qonunga ilova tarzida 4 ta bölim, 14 ta bob, 131 ta moddadan iborat bölgan Axborot kodeksi tasdiqlanmoqda.
Axborot kodeksida quyidagi sakkizta qonun özaro unifikatsiya qiliş orqali tizimlaştirilgan: “Ommaviy axborot vositalari töğrisida”gi qonun; “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari töğrisida”gi qonun; “Axborot oliş kafolatlari va erkinligi töğrisida”gi qonun; “Bolalarni ularni soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida”gi qonun; “Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari oçiqligi töğrisida”gi qonun; “Jurnalistlik faoliyatni himoya qiliş töğrisida”gi qonun; “Axborotlaştiriş töğrisida”gi qonun; “Huquqiy axborotni tarqatiş va undan foydalanişni ta’minlaş töğrisida”gi qonun.
Kodeks loyihasiga köra, konstitutsiyaga muvofiq har kim axborotni moneliksiz izlaş, oliş, tekşiriş, tarqatiş, undan foydalaniş va uni saqlaş huquqiga ega.
Axborot oliş faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyat axloqiy qadriyatlari, mamlakat ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qiliş, xavfsizligini ta’minlaş maqsadida çeklanişi mumkin.
Axborot oliş erkinligi asosiy prinsiplari: oçiqlik, oşkoralik, axborotdan erkin foydalaniş va haqqoniylik. Axborot oçiq va oşkora bölişi kerak, maxfiy va konfidensial axborot bundan mustasno. Maxfiy va konfidensial axborotga quyidagilar kirmaydi:
- fuqarolar huquq va erkinliklari, ularni röyobga çiqariş tartibi töğrisidagi, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, fuqarolar özini özi boşqariş organlari, jamoat birlaşmalari va boşqa nodavlat notijorat taşkilotlari huquqiy maqomini belgilovçi qonunçilik hujjatlari;
- oçiq ma’lumotlar sifatida joylaştirilişi kerak bölgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar;
- ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda vaziyatlar töğrisidagi ma’lumotlar hamda aholi, aholi punktlari, işlab çiqariş obektlari va kommunikatsiyalar xavfsizligini ta’minlaş uçun zarur bölgan boşqa axborotlar;
- axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar, idoraviy arxivlar va Özbekiston hududida faoliyat körsatayotgan yuridik şaxslarga tegişli axborot tizimlari oçiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar.
Davlat organlari va taşkilotlari, fuqarolar özini özi boşqariş organlari, jamoat birlaşmalari va boşqa nodavlat notijorat taşkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar töğrisida qonunçilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berişi şart.











