«Elektron raqamli imzo töğrisida»gi qonunga muvofiq işonçli uçinçi taraf xizmati – bu axborot va elektron hujjatlarni almaşişda işonçni ta’minlaş maqsadida elektron hujjatlardagi ERIning uni imzolagan şaxsga tegişliligini tekşiriş faoliyati.

Prezidentning «Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga muvofiq «Işonçli uçinçi taraf» tamoyili asosida Özbekiston hududida berilgan raqamli imzo bilan tasdiqlangan raqamli hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlaş imkonini beruvçi «Yagona raqamli hujjatlar» ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

Hujjat bilan işonçli uçinçi taraf xizmati faoliyatini tartibga soluvçi nizom tasdiqlandi va u quyidagilarni belgilaydi:

  • işonçli uçinçi taraf xizmatining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari;
  • xizmatning ERI markazlari va axborot tizimlari bilan özaro işlaş tartibi;
  • raqamli hujjatlar haqiqiyligini tasdiqlaş va «Yagona raqamli hujjatlar» ma’lumotlar bazasini yuritiş tartibi.

Işonçli uçinçi taraf xizmati funksiyalarini amalga oşiruvçi şaxs vakolatli davlat organi tomonidan tayinlanadi va idoralararo va transçegaraviy axborot aloqasi jarayonida elektron hujjatlarning daxlsizligi hamda işonçliligini saqlaş kafolatlarini vaqtning muayyan paytida ta’minlaş böyiça axborot vositaçisi sifatida iş yuritadi, şuningdek ularning yuridik kuçga ega ekanligini tasdiqlaydi.