Inson huquqlari böyiça Özbekistonning 2030 yilgaça bölgan milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi”ga köra, loyihada:
insonning tibbiy xizmatlardan samarali foydalanişga oid huquqlarini ta’minlaşga qaratilgan qonunçilik bazasini kompleks tizimlaştiriş;
soğliqni saqlaş sohasidagi amaldagi qonun hujjatlarining izçilligiga erişiş va ulardan foydalaniş qulayligini ta’minlaş;
aholining har tomonlama sifatli soğliqni saqlaş xizmatlari bilan qamrab olinişi, şu jumladan xavfsiz, samarali, sifatli va arzon narxlardagi asosiy dori-darmonlar hamda vaksinalardan foydalanişini ta’minlaş;
reproduktiv salomatlik sohasida, OITS, gepatit S va tuberkulyozga qarşi kuraşişda keng qamrovli soğliqni saqlaş xizmatlari körsatilişini ta’minlaş nazarda tutiladi.
Soğliqni saqlaş xizmatlar körsatiş sohasining huquqiy asoslarini xalqaro standartlarga muvofiq ta’minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasining Aholi soğliğini saqlaş kodeksi loyihasi takomillaştiriladi.
Özbekiston Respublikasining Aholi soğliğini saqlaş kodeksi loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiladi.
















