Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshidagi “Bu qutlug‘ zaminda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi” saxovat tadbiri bolalarga bir olam quvonch ulashdi
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Anvar Qobilov va O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupovlar ishtirok etishib, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan ehtiyojmand oilalarda yashayotgan, ayniqsa nogiron hamda surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalar shaxsan davlat rahbarining doimiy e’tiborida ekanligi ta’kidlandi.
- Sizdek Qashqadaryoning har bir farzandlariga ta’lim-tarbiya berish, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalarini hal etish biz mas’ullarning ustuvor vazifamizdir, - dedi viloyat hokimi o‘rinbosari. - 2022 yil 17 yanvardagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori aziz farzandlarimizning sog‘liklarini tiklash va saqlash yo‘lida xizmat qilmoqda. Ishonamanki kelgusida sizlar ham bunga labbay deb javob bergan holda yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan vatanparvar inson bo‘lasizlar.


Shundan so‘ng, viloyat hokimligi va Milliy gvardiya rahbariyati ishtirokida 160 nafar o‘g‘il-qizlarning orzu-istaklarini amalga oshirish va ularning daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun "Mehr daftari" jamg‘armasi hisobidan kompyuter (noutbuk), tikuv mashinalari, televizor va elektropechlar hamda boshqa asbob-uskunalar taqdim etildi.

- Hayotning turli sinovlarini boshimdan o‘tkazgan bo‘lsam-da, bugungi kunda prezidentimning alohida g‘amxo‘rligini amalda his etib yashash bizlarga yanada ishonch bag‘ishlaydi – deydi besh yoshida ota-onasi vafotidan so‘ng yolg‘iz qolgan o‘n yetti yoshli Ashurova Farangiz. – Men o‘n yil davomida Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyida ta’lim-tarbiya oldim va shundan so‘ng prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan oilaviy bolalar uyi, ya’ni kasbilik Ulug‘bek Aralov xonadonida yashab kelyapman. Bundan tashqari, davlatimiz tomonidan Kasbi tumanining Tinchlik mahallasidan ikki xonali uy berishdi. Bugun ham men uchun quvonchli kun bo‘lib, biz singari bolalarga turi buyum va jihozlar, kompyuterlar berildi.

Hozirga qadar viloyatda bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) shu’balari tomonidan vasiylikka, homiylikka va patronatga olingan yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolari o‘rganilib, ularning 1265 nafari “Mehr daftari” platformasiga kiritildi. 400 nafardan ortig‘ining qiziqishlari va muammolari o‘rganilib, yo‘l xaritalari ishlab chiqilda va tuman (shahar) hokimlarining qarorlari qabul qilingan holda har bir bola uchun Nizom talablari asosida bazaviy hisoblash miqdorining 35 barobarigacha mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bugungi kunda “Mehr jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 5 nafar surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalarning sog‘lig‘ini tiklash maqsadida 30 million so‘m miqdoridagi mablag‘lar ular doimiy davolanib kelayotgan sihatgohlarga o‘tkazib berildi.

Jumladan, nishonlik Marg‘iyona Maxmutovaga jarohatdan keyingi chandiqli tortuvchi kontrakturasini bartaraf etish, qamashilik Sardor Qobilovga ko‘zini davolatish, Parizoda Eshmuratova va Sevinch Sa’dullayevalarga eshitish apparatlarini sotib olish hamda davolanish, Qarshi tumanidan bo‘lgan Zuhra Hakimovaning ko‘z operatsiyasini o‘tkazish uchun mablag‘lar yo‘naltirildi.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026