Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya parlamenti hukumatga ishonchsizlik bildirdi
150 deputatdan 78 nafari Eduard Xeger vazirlar mahkamasiga ishonchsizlik votumi uchun ovoz berdi. Tashabbus avvalroq hukmron koalitsiyadan chiqqan «Ozodlik va birdamlik» partiyasidan chiqdi.
Foto: Jaroslav Novak/TASR via AP
Slovakiya Milliy kengashi (parlamenti) 15 dekabr, payshanba kuni Eduard Xeger boshchiligidagi o‘ng markazchi hukumatga ishonchsizlik bildirdi. 150 deputatdan 78 nafari ishonchsizlik votumini yoqlab ovoz berdi.
Ovoz berish tashabbusi bilan hukmron koalitsiyadagi sobiq hamkorlardan biri - o‘ng markazchi «Ozodlik va birdamlik» partiyasi chiqdi. Sentabr oyida to‘rt partiyali koalitsiyani tark etgan siyosiy kuch yetakchisi Rixard Sulik uning partiyasi «hukumatning yangilanishini qo‘llab-quvvatlashini» aytdi.
«Ozodlik va birdamlik» dastlab moliya vaziri Igor Matovichning vazirlar mahkamasidagi o‘z lavozimini saqlab qolishiga qarshi chiqdi. Matovich ishonchsizlik to‘g‘risida ovoz berish jarayoni o‘tkazilmasligi uchun 15 dekabr kuni Xegerga iste’foga chiqish haqida ariza berdi. Biroq hukumat rahbari moliya vazirining iltimosini rad etdi.
Parlament qarori muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini anglatmaydi. Slovakiya konstitutsiyasida aytilishicha, amaldagi hukumat prezident yangi vazirlar mahkamasini tayinlamaguncha mamlakatni boshqarishi mumkin.
Mavzuga oid
15:41 / 26.11.2025
Slovakiya O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb etishga qiziqish bildiryapti
10:59 / 10.11.2025
Slovakiyada poyezdlar to‘qnashdi: o‘nlab odam jarohatlandi
08:34 / 31.10.2025
Niderlandiya Slovakiyani YeIda ovoz berish huquqidan mahrum etmoqchi
14:59 / 30.10.2025