Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter AQSh yetakchi nashrlarining o‘nlab jurnalistlari akkauntlarini blokladi
15 dekabr kuni Twitter Qo‘shma Shtatlarning eng nufuzli nashrlarida faoliyat yurituvchi mashhur jurnalistlar akkauntlarini bloklab qo‘ydi.
Jumladan, so‘nggi haftalarda Twitter xo‘jayini Ilon Maskni tanqid qilgan CNN muxbiri Donni O'Sallivan, The New York Times muxbiri Rayan Mak, The Washington Post muxbiri Dryu Harvell va boshqalar, shuningdek, mustaqil jurnalist Aron Rupar akkaunti bloklangan.
Twitter jurnalistlar nima uchun platformadan «haydalgani» haqida rasman ma’lumot bermadi.
The Washington Post taxminiga ko‘ra, sanksiyalar boshqa shaxsning manzilini beruxsat tarqatishga qo‘yilgan taqiq («doksing») bilan bog‘liq. Bloklangan jurnalistlarning har biri Jyek Suini haqidagi «voqea»ni yoritgan edi. O‘z navbatida, avvalroq, Suini milliarderning samolyoti harakati haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan, Mask esa uni shaxsiy ma’lumotlarni beruxsat oshkor qilishda ayblagan edi.
Keyinchalik Mask bu taxminlarni bilvosita tasdiqladi. «Doksing» qoidasi hamma qatori jurnalistlarga ham tegishli. Kun bo‘yi meni tanqid qilish — juda normal holat, ammo manzilimni real vaqtda oshkor qilib borish va oilamga xavf tug‘dirish – normal emas», deb yozdi u.
Shuningdek, Mask tez orada platformada bloklanish sababi va muddati ko‘rsatiladigan funksiya paydo bo‘lishini ma’lum qildi.
CNN telekanali Twitter rahbari qarorini «o‘ylamasdan qabul qilingan va asossiz» deb atadi. «Biz Twitter rahbariyatidan bu harakatlarni tushuntirishni so‘radik va javobga qarab, munosabatlarimizni qayta ko‘rib chiqamiz», deyiladi telekanal xabarida.
Keyinroq, Mask «doksing»ga yo‘l qo‘ygan akkauntlarni qachon blokdan chiqarish haqida Twitter foydalanuvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda ko‘pchilik (40 foizdan ortiq) foydalanuvchilar ushbu akkauntlarni zudlik bilan blokdan chiqarish lozim degan fikrni qo‘llab-quvvatladi.
«Agar kimdir The New York Times jurnalistlari manzilini real vaqt rejimida oshkor qilib borsa, FQB surishtiruvni boshlagan bo‘lardi, Kapitoliyda bu haqda yig‘ilish o‘tkazilardi, prezident Bayden esa demokratiya davri tugab borayotganini e’lon qilardi», deb yozdi Mask.
Mavzuga oid
08:17 / 01.06.2026
Mask: AQSh armiyasi Starlinkʼni kamikadze dronlarda qo‘llagan
23:39 / 18.05.2026
Ilon Mask sudda OpenAI rahbari Sem Altmanga yutqazdi
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
18:15 / 30.03.2026