30 mart kuni Qoraqalpoğiston Respublikasida axborot makonida yilning eng yirik ta’limiy-amaliy voqeligi — “Media haftalik” boşlandi. Unda qatnaşçilar zamonaviy media muhitidagi dolzarb masalalar yuzasidan könikmalarini oşiradi.

Dastur kontent yaratiş, matnli va vizual formatlar hamda janrlarning qöllanişi, axborot xavfsizligi, strategik kommunikatsiya, media menejment, SMM hamda sun’iy intellektdan foydalaniş kabi köplab muhim mavzularni qamrab oladi.

Trening va mahorat darslari davomida iştirokçilar nafaqat nazariy bilimlarni, balki real keyslar asosida işlaş, xatolarni tahlil qiliş, yangi yondaşuvlarni şakllantiriş imkoniyatiga ega böladi. Tadbirda ilğor ekspertlar, amaliyotçi jurnalistlar, muharrirlar, prodyuserlar hamda mutaxassislar spiker sifatida qatnaşmoqda. Ular öz tajribalari bilan örtoqlaşib, zamonaviy media rivojining ustuvor yönalişlari böyiça tavsiyalar beradi.

Ta’kidlanişiça, “Media haftalik”ning muhim jihati — iştirokçilarga alohida e’tibor qaratiş. Tadbir davomida önlab intervyular, oçiq muloqotlar va fikr almaşinuvlar taşkil etilib, iştirokçilarning özlari media sohasidagi muammolar, kutilayotgan natijalar va erişilgan yutuqlar haqida fikr bildiradi.

Haftalik doirasida quyidagi yönalişlar böyiça maxsus sessiyalar taşkil etilgan:

• bosma va internet naşrlari jurnalistlari;

• telejurnalistlar va operatorlar;

• davlat organlari matbuot kotiblari;

• blogerlar va kontent yaratuvçilar;

• mobilograflar va SMM mutaxassislari.

Haftalik yakunida Media forum taşkil etilib, unda tadbir natijalari sarhisob qiliş rejalaştirilgan.