Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik 70 nafar o‘quvchi va 14 nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketdi
Joriy yilda prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etgan 70 nafar o‘quvchi va ularning 14 nafar ustozi Buyuk Britaniyaga, ta’lim sayohatiga yo‘l oldi.
Xalq ta’limi vazirligining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, boshqa maktablarda ham hali imkoniyatlar bor. Prezident sovrini uchun 2022-2023 o‘quv yilida o‘tkazilishi belgilangan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan maktablardan arizalar qabuli davom etmoqda.
Arizalar 31 dekabrgacha onlayn qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Tuman(shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablar tuman hokimligi tomonidan:
- 1-o‘rin – 100 mln so‘m;
- 2-o‘rin – 75 mln so‘m;
- 3-o‘rin – 50 mln so‘m.
Viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablar viloyat hokimligi tomonidan:
- 1-o‘rin – 250 mln so‘m;
- 2-o‘rin – 200 mln so‘m;
- 3-o‘rin – 150 mln so‘m.
Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan:
- 1-o‘rin – 500 million so‘m;
- 2-o‘rin – 400 million so‘m;
- 3-o‘rin – 300 million so‘m
Umumiy natijaga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan maktablar ballar ketma-ketligiga ko‘ra, 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.
Mavzuga oid
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
11:45 / 17.06.2026
Soliq oliy maktabida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari ochiladi
10:30 / 16.06.2026