Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya: Sanksiya ostidagi firmalar bilan aloqa viza berilmasligiga olib keladi
Rossiya fuqarosining Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostidagi tashkilotlar bilan biznes, siyosiy yoki oilaviy aloqalari Germaniyaga viza bo‘yicha rad javobi berilishiga sabab bo‘ladi.
Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lgan tashkilotlar bilan biznes, siyosiy yoki oilaviy aloqalarga ega bo‘lgan Rossiya fuqarolariga vizalar, shu jumladan Germaniyada ishlash va vaqtinchalik yashash uchun milliy nemis vizalari berilmaydi. Bu haqda 19 dekabr, dushanba kuni Germaniya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Berlinda DW muxbirining savoliga javoban ma’lum qildi.
Biroq, bu qoidadan istisnolar bo‘lishi mumkin. Germaniya diplomatik xizmati ta’kidlaganidek, viza anketasini to‘ldirishda avvalgi ish joyini ko‘rsatish talab etilmaydi.
Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostidagi Rossiya tashkilotlarining sobiq xodimlariga, agar ular avvalgi ish joyida ushbu tashkilotning maqsadlari va harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatadigan lavozimlarda ishlagan bo‘lsa, ularga vizalar berilmaydi, deb tushuntirdi DW’ning Germaniya Tashqi ishlar vazirligidagi manbasi anonimlik sharti bilan.
Mavzuga oid
20:27 / 14.01.2026
AQSh 75 mamlakat fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatadi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
13:16 / 06.01.2026