Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya 2023 yilda Rossiya neftini sotib olmaydi - Bloomberg
Leuna va Shvedt neftni qayta ishlash zavodlari kelasi yildan boshlab Rossiya neftini sotib olmaydi.
Foto: Getty Images
Germaniya kelasi yil boshidan Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatadi va Qozog‘istondan neft import qiladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Nemislarning Leuna va Shvedt neftni qayta ishlash zavodlari tarixan Rossiya neftini quvur orqali import qilishga qaram bo‘lib kelgan. Endi Yevropadagi eng yirik «Drujba» quvuri orqali neft Qozog‘istondan keladi, ammo bu kelishuv hali imzolanmagan.
Germaniya Iqtisodiyot vazirligi xabariga ko‘ra, Leuna va Shvedt neftni qayta ishlash zavodlari yangi yildan boshlab Rossiya xom neftiga buyurtma bermaydi.
2022 yil may oyi oxirida YeI davlatlari rahbarlari Rossiya neftini eksport qilishni taqiqlashga kelishib oldilar. 3 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyadan eksport qilinadigan neftning yuqori narxini 1 barrel uchun 60 dollar qilib belgilashga qaror qildi.
5 dekabrda Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi neft sanksiyalari kuchga kirdi. 2023 yil 5 fevraldan boshlab Rossiya neft mahsulotlarini sotib olish ham taqiqlanadi.
2022 yil 9 dekabrda Qo‘shma Shtatlar neft embargosini chetlab o‘tishga uringan kompaniyalarga nisbatan ham sanksiyalar joriy qilgan edi.
Mavzuga oid
11:06 / 12.02.2026
AQSh–Eron o‘rtasidagi keskinlik sabab neft narxlari oshyapti
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
15:26 / 04.02.2026
Kreml: Hindiston Rossiya neftini xarid qilishdan voz kechgani haqida xabar bermadi
12:04 / 03.02.2026