Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada Abramovichning aktivlarini musodara qilish jarayonini boshladi
Mamlakat hukumati birinchi marta sanksiyalar ostidagi rossiyalikning aktivlarini xatlash va musodara qilish jarayonini boshladi.
Kanada hukumati sanksiyaga uchragan rossiyalik milliarder Roman Abramovichga tegishli Granite Capital Holdings Ltd kompaniyasining 26 million dollarlik aktivlarini xatlash va musodara qilish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda 19 dekabr, dushanba kuni Kanada Tashqi ishlar vazirligi saytida ma’lum qilindi.
Bu Kanada birinchi marta sanksiya ostidagi shaxslarga tegishli aktivlarni musodara qilish uchun yangi vakolatlaridan foydalanishi ekani ta’kidlanadi. Bundan tashqari, Kanada bunday choralarni qo‘llagan birinchi G7 davlatiga aylandi, deya ta’kidladi mamlakat TIV.
Agar davlat foydasiga musodara qilish sud tomonidan ma’qullansa, olingan mablag‘ Ukrainani tiklash va Rossiya bosqinidan jabrlanganlarga tovon to‘lash uchun ishlatilishi mumkin, deyiladi idora saytida.
«Putinning oligarxlari Rossiyaning Ukrainaga noqonuniy va vahshiylarcha bostirib kirishida qatnashmoqda. Kanada ularning noqonuniy daromadlari uchun xavfsiz boshpana bo‘lmaydi va bugungi bayonot Rossiya elitasi Putinning shafqatsiz rejimini qo‘llab-quvvatlagani uchun haq to‘lashiga qat’iy ishonchimizni ko‘rsatmoqda», dedi Kanada bosh vaziri o‘rinbosari va moliya vaziri Xristya Friland. U Rossiya aktivlaridan Ukrainani tiklash uchun foydalanish «adolatli va maqsadga muvofiq» ekanini ta’kidladi.
2014 yilda Qrim Rossiya tomonidan annexia qilinganidan beri Kanada Rossiyadan bo‘lgan 3600 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. Ulardan 1500 ga yaqin kishi va kompaniyalar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan keyin mamlakat sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
21:35 / 06.06.2026
Abramovich Kiyevda Zelenskiy bilan uchrashgan – ukrainalik deputat
08:20 / 02.06.2026
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi
20:44 / 01.06.2026
Birinchi jiddiy sinov - milliy jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
08:49 / 19.05.2026