Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konstitutsiya islohoti borasida 220 mingdan ziyod taklif kelib tushdi
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi bo‘lib o‘tyapti.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Unda mamlakat taraqqiyotini yangi pog‘onaga olib chiqish uchun boshqaruv ham, qonunchilik ham, jamiyat ham o‘zgarishi kerakligi ta’kidlandi.
Shu bois, “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” degan g‘oyani Konstitutsiya va qonunlarga ham, kundalik hayotga ham chuqur singdirish kerakligi qayd etildi.
Hozirgi kundagi jiddiy sinovlar va bashorat qilib bo‘lmaydigan xavf-xatarlarni yengib o‘tishga qodir bo‘lgan milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash zarur.
Shularni e’tiborga olgan holda, asosiy qonunni takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
"Ushbu islohotdan xalqimiz katta o‘zgarishlar kutyapti. Bugungi kunga qadar bu borada 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgani ham, buning yaqqol dalilidir", - dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” tamoyili asosida barcha masalalar bo‘yicha xalq bilan bamaslahat ish tutilishini ta’kidladi.
Umuman, mazmuni “inson qadrini ulug‘lash” ruhi bilan boyitilgan, kelajak avlodlarga munosib xizmat qiladigan, Yangi O‘zbekistonga mos bo‘lgan Konstitutsiyani har tomonlama o‘ylab, shoshilmasdan ishlab chiqish kerakligi aytildi.
Fuqarolar bildirgan barcha taklif va istaklar albatta inobatga olinadi va Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi, dedi Prezident.
Eng muhimi – har bir fuqaro konstitutsiyaviy islohotlarga daxldor bo‘lishi va “Bu – mening Konstitutsiyam”, deb yuksak g‘urur va iftixor bilan ayta olishi kerak.
Mavzuga oid
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
21:49 / 26.02.2025
Tramp tarafdorlari Konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalashtirmoqda
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024