Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messining Instagram posti rekord darajada layk yig‘di
Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messining Instagram ijtimoiy tarmog‘ida jahon chempionatidagi g‘alabasi haqida yozgan posti rekord darajada ko‘p «layk» yig‘di.
Messining Argentina milliy jamoasi g‘alabasini bayram qilayotgan futbolchilar surati joylashtirilgan postiga hozirgi vaqtda 63 milliondan ortiq «layk» bosilgan.
Oldingi rekord world_record_egg akkauntiga tegishli bo‘lib, oq fondagi oddiy tuxum surati 56,2 million «layk» to‘plagan edi.

«Jahon chempionimiz! Men buni juda orzu qilardim, shunchalik xohlardimki, haligacha ishonmayapman», - deb yozdi Messi surat tagida. U o‘z oilasiga va jamoani qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirdi va bu alohida futbolchining emas, balki butun jamoaning g‘alabasi ekanini ta’kidladi.
18 dekabr kuni Qatardagi «Lusail» stadionida Fransiya va Argentina milliy jamoalari o‘rtasida JCh-2022 finali o‘tkazildi. Jamoalar asosiy vaqtda durang o‘ynashdi, ammo Argentina penaltilar seriyasida g‘alaba qozona oldi. Bu argentinaliklarning tarixdagi uchinchi g‘alabasi bo‘ldi. Bundan oldin ular 1978 va 1986 yilda jahon chempioni bo‘lishgan edi.
Mavzuga oid
11:07 / 28.06.2026
JCh kundaligi. Messi yana gol urdi, Ronaldu yana soyada qoldi, Eron guruhda qolib ketdi
15:10 / 23.06.2026
Erkin Abdulahatov: Futbolda iqlimiy va geografik omillarni ham inobatga olish kerak
12:13 / 23.06.2026
JChda 12-kun. Messi rekordlar kitobini qaytadan yozmoqda, Fransiya o‘yinida 2 soatlik tanaffus
23:11 / 22.06.2026